Sport | 15:46 / 30.08.2016
42589
1 daqiqa o‘qiladi

Artur Taymazov Pekin-2008 Olimpiadasidagi oltin medalidan mahrum etilishi mumkin

Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi safida 4 ta Olimpiadada ishtirok etib, shularning uchtasida oltin medalga ega chiqqan Artur Taymazovdan (120 kg vazn toifasida) 2008 yilgi Pekin Olimpiadasidagi g‘oliblik olib qo‘yiladi va uning medali rossiyalik sportchi Baxtiyor Ahmedovga o‘tadi. Bu haqda FloWrestling xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, bunga sportchining doping-test namunalari ijobiy chiqqani sabab bo‘lgan.

Undan tashqari, rossiyalik kurashchi, 2012 yilgi London Olimpiadasida 60 kg vazn toifasida kumush medal sovrindori bo‘lgan Besik Kuduxov ham medalidan mahrum qilingan.

Shuningdek, Pekin-2008 va London-2012 Olimpiadalarida sovrindor bo‘lgan qozog‘istonlik, ozarbayjonlik va ukrainalik bir necha sportchidan medallar olib qo‘yiladi.

Artur Taymazov 2015 yilning kuzida sportdagi karerasini yakunlashini e'lon qilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid