Light | 21:23 / 31.08.2016
18335
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyadagi pomidor jangi yoxud La Tomatina festivali

La Tomatina festivali mana 71 yildirki, har yili Ispaniyaning Valensiya provinsiyasi Bunol shahrida bo‘lib o‘tadi. Avgustning so‘nggi chorshanbasida mahalliy aholi va sayyohlar hammaga ketma-ket pomidor otishadi. Raqiblarga pomidor otish bu xalq uchun odatga aylangan. Bu yili bayramga tayyorgarlik doirasida shaharga 100 ming kilogrammdan ortiq pomidor keltirildi. 

Festivalga 20 ming chipta sotildi: jang ishtirokchilariga qattiq jismlar otish, ryukzaklar va fotokameralar olib kirish taqiqlangan (pomidorni raqiblarga otishdan avval uni biroz ezib olish tavsiya qilinadi).


 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid