Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL klublari transferlar bo‘yicha futbol tarixidagi rekord natijani qayd etdi
Angliya premer ligasi klublari yozgi transferlar darichasi vaqtida futbol tarixida rekord darajada mablag‘ sarfladi.
VVS ma'lumotiga ko‘ra, Angliya klublari 2015 yildagi rekordni 114 million funtga (134 mln yevro) yangiladi.
Eng qimmat transfer «Yuventus» yarimhimoyachisi Pol Pogbaning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi bo‘ldi - 105 mln yevro. Bu transfer futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylandi.
Shuningdek, «Manchester Siti» Jon Stounzni «Everton»dan 55,6 mln yevroga, «Arsenal» Granit Chakani «Borussiya M»dan 40 mln yevroga, Shkodran Mustafini «Valensiya»dan 41 mln yevro evaziga, «Manchester Yunayted» Genrix Mxitaryanni «Borussiya D»dan 40 mln yevro evaziga, «Chelsi» Mishi Batshuayini «Marsel»dan 40 mln yevro, Kanteni «Lester»dan 38 mln yevro evaziga xarid qilib, eng yirik transferlarni amalga oshirdi.
Taqqoslash uchun, Ispaniya chempionatida yozning eng qimmatbaho xaridi Andre Gomeshning «Valensiya»dan «Barselona»ga o‘tishi bo‘ldi (35 mln yevro).
Germaniyada esa «Bavariya» Mats Hummelsni «Borussiya» Dortmunddan 38 mln yevro evaziga, Renatu Sancheshni «Benfika»dan ham shuncha miqdordagi mablag‘ evaziga sotib oldi.
Italiyadagi eng qimmatbaho transferlar «Yuventus» va «Inter» tomonidan amalga oshirildi. Turinliklar Gonsalo Higuainni «Napoli»dan 90 mln yevro evaziga, milanliklar Joao Marioni «Sporting»dan 45 mln yevro evaziga sotib oldi.

Mavzuga oid
23:06 / 09.12.2025
Holand dunyoning eng qimmat futbolchilari ro‘yxatida Yamalga yetib oldi
22:03 / 15.09.2025
Shvetsiyalik Dyuplantis langarcho‘p bilan sakrashda jahon rekordini yangiladi
16:41 / 04.09.2025
Yozning asosiy 10 transferi
01:24 / 19.08.2025