Jahon | 12:34 / 01.09.2016
5006
2 daqiqa o‘qiladi

Assanj: WikiLeaks kuniga taxminan uch ming hujjatni ko‘rib chiqadi

WikiLeaks xalqaro notijorat tashkiloti bir kunda taxminan 3 ming hujjatni ko‘rib chiqishning uddasidan chiqadi. Bu haqida Amerikaning The New York Times gazetasi tomonidan tashkillashtirilgan videoko‘prikda ushbu tashkilot asoschisi avstraliyalik Julian Assanj ma'lum qildi. 

“WikiLeaks bir kunda o‘rtacha 3 ming hujjatni ko‘rib chiqadi”, - deya xabar berdi Assanj. Videoko‘prik vaqtida u Ekvadorning Londondagi elchixonasi binosida bo‘lgan, u 4 yildan ortiq vaqt davomida shu yerda yashirinib kelmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, WikiLeaks o‘z faoliyati davomida 10 milliondan ortiq hujjatni ko‘rib chiqqan. 

Assanjaning ta'kidlashicha, uning tashkiloti har bir chop etilayotgan materialni yaxshilab tekshiradi, bunda tashkilotga “154 nafar huquqiy masalalar bo‘yicha huquqshunos va maslahatchi hamda taxminan yana shuncha jurnalistlar yordam beradi”. Assanjning so‘zlariga ko‘ra,  WikiLeaks’ning yarim harakatlari hujjatli maqolalarni nashrdan chiqarishda mazkur tashkilotning huquqini himoya qilishga ketadi. 

Assanj WikiLeaks’ning maqolalari siyosatchilar va razvedka agentliklari rahbarlarining iste'fosiga sabab bo‘lganini tan oladi, biroq uning so‘zlariga ko‘ra, oddiy odamlar o‘zilarini bu tashkilot fosh qilgan ma'lumotlar qurboni, deb hisoblashmaydi. “Biz hech kimning hayotiga xakerlik hujumi uyushtirmaymiz, biz bor-yo‘g‘i odamlarni  bizga haqqoniy va rasmiy ma'lumot yuborishga ilhomlantiramiz”, - deya ta'kidladi WikiLeaks asoschisi. 

Teglar:

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid