1 noyabrdan boşlab fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlarini oliş va taqdim etiş jarayoni my.gov.uz Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oşirilmoqda.
Endilikda foydalanuvçilar öz ma’lumotlarini onlayn köriş, zarur taşkilotlarga taqdim etiş, ularni yagona raqamli manbadan boşqariş imkoniyatiga ega böldi.
Yagona portaldagi ma’lumotlar qoğoz hujjatlar bilan teng yuridik kuçga ega. Bu esa davlat idoralari va boşqa taşkilotlar tomonidan fuqarolardan qöşimça ravişda qoğoz şakldagi ma’lumotnomalar yoki hujjatlar nusxasini talab qiliş amaliyotini qisqartirişi kerak.
Şuningdek, yangi tartib vaqt va mablağ tejalişiga, navbatlar va ortiqça byurokratik jarayonlarni kamaytirişga, davlat xizmatlarining raqamlaştirilişini jadallaştirişga xizmat qilişi kutilmoqda.
Tegişli idoralar fuqarolarga my.gov.uz portali imkoniyatlaridan faol foydalaniş, şuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarni kuzatib boriş orqali yangilik va qulayliklardan xabardor bölib turişni tavsiya qilmoqda.
















