Jahon | 08:44 / 02.09.2016
5466
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi Zelandiyadagi zilzila vayronagarchiliklarga olib kelmadi

Yangi Zelandiyadagi 7,2 magnitudali zilzila hech qanday talofat yetkazmadi. Shuningdek, kuchli sunami haqidagi xabar ham inkor etildi. Bu haqda mamlakatning fuqarolik mudofaasi va favqulodda hodisalar vazirligida ma'lum qilindi, deb xabar bermoqda Radio New Zealand.   

Vazirlik vakillarining aytishicha, mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, kuchli sunami xavfi yo‘qolgan. Vazirlikda ta'kidlanishicha, biroq shunga qaramay, sohil yaqinida kuchli oqim kuzatilishi mumkin. Avvalroq balandligi 30 sm lik sunami Yangi Zelandiya sohillariga yetib kelgani, biroq hech qanday talofat yetkazmagani ma'lum qilingandi.    

Avvalroq sunami bo‘lishi mumkinligi e'lon qilingan va bu odamlarning ommaviy ravishda evakuatsiya qilinishiga olib kelgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid