O‘zbekiston | 12:45 / 04.09.2016
13925
2 daqiqa o‘qiladi

5 sentabrda O‘zbekistonda bulutli havo kuzatiladi

Foto: Facebook

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 5 sentabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18, kunduzi 32-34 daraja issiq bo‘ladi.

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

  Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 17-22,  kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

  Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-21, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

  Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.     

  Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi.    Kechasi 16-21, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

  Respublikamizning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan  sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.  Kechasi 8-13, kunduzi 19-24 daraja issiq bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid