Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daimler 2024 yilgacha ishlab chiqaradigan elektromobillar soniga oydinlik kiritdi
Germaniyaning Daimler konserni 2018-2024 yillarda kamida 6ta to‘liq elektromotorda harakatlanadigan avtomobillarni seriyali tarzda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi, deb yozmoqda Automobilwoche nashri.
Shu bilan nemis muhandislari Tesla Motors kompaniyasi hamda Audi kompaniyasining ekologik toza mashinalari bilan raqobat qilish niyatida. Automobilwoche suhbatdoshining bildirishicha, konsern elektr krossoverlar va yo‘ltanlamaslarga e'tibor qaratishni rejalashtirgan. Biroq, «Daymler» loyihalari orasida elektr sedanlar va ixcham kompakt-karlarga ham o‘rin ajratilgan.
Avvalroq, Daimler tarkibiga kiruvchi Mercedes-Benz kompaniyasi MEQ subbrendi ostida elektrokarlar ishlab chiqarishi xabar qilingan edi. Shu maqsadda, EQA, EQB, EQS va EQX kabi savdo belgilari allaqachon ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Ushbu savdo belgisining ilk prototipi shu yilgi Parij avtosalonida namoyish etilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
20:12 / 22.06.2026
Ford arzon elektr pikapni chiqarishni rejalashtirmoqda
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:10 / 18.06.2026