Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Suriyada xavfsiz hudud tashkil qilishni taklif etmoqda
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an dunyo davlatlari rahbarlariga Suriyada xavfsiz hudud tashkil etish taklifini bildirdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, bu hudud mamlakat fuqarolari uchun bo‘lib, bu ularning janglardan xoli hududda yashashiga hamda muhojirlik inqirozini bartaraf etishga imkon beradi.
Bundan tashqari, Turkiya prezidenti G20 sammiti vaqtida Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin hamda Barak Obama bilan uchrashuvlari vaqtida Suriya osmonida parvozlardan xoli hududni tashkil etish g‘oyasini taklif qilgan.
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya bilan Halabda tinchlik o‘rnatish masalasida hamkorlik qilishini bildirgan. U Suriyada Hayitga qadar tinchlik o‘rnatilishiga umid qilmoqda.
«Hozir biz Halab masalasida Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Qurbon Hayiti bayramiga qadar o‘t ochish to‘xtatilishidan umid qilmoqdamiz», — ma'lum qildi u G20 sammitidagi chiqishida.
Qurbon Hayiti 12 sentabr kuniga to‘g‘ri kelishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
06:00 / 27.05.2026
Kun.uz tahririyati barcha hamyurtlarimizni ulug‘ ayyom - Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklaydi!
20:11 / 26.05.2026
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
11:04 / 26.05.2026
Qurbon hayiti va dam olish kunlarida qaysi tibbiyot muassasalari ishlaydi?
22:48 / 25.05.2026