Özbekistonda Qurbon hayiti munosabati bilan fuqarolar ketma-ket 5 kun dam oladi. SSV matbuot xizmati uşbu sanalarda tibbiyot muassasalari qay tartibda işlaşi töğrisida ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, aholi salomatligini asraş, xususan, bayram va dam oliş kunlarida tibbiyot muassasalari faoliyatini muvofiqlaştirib boriş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligida alohida ştab taşkil etilgan.
27–31 may kunlari:
- tuman (şahar), viloyat va respublika miqyosidagi barça şifoxonalar;
- ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlari hamda tibbiyot oliy öquv yurtlari klinikalari;
- hududlardagi 39 ta tumanlararo qöşma şikastlaniş va ötkir qon-tomir kasalliklari markazlarida tibbiyot tizimi xodimlari qonunda belgilangan tartibda, navbatçilik asosida aholiga tibbiy xizmat körsatadi.
Şuningdek, bayram va dam oliş kunlari:
Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning hududlardagi 13 ta filiali hamda 200 ga yaqin aholi punktida joylaşgan şoşilinç tibbiy yordam bölimlarida ham 24 soat davomida navbatçi şifokor va hamşiralar faoliyat yuritadi.
Respublika tez tibbiy yordam markazining 14 ta hududiy filiali, 167 ta stansiya, 63 ta podstansiya va 1 436 tayanç punktida 2 860 dan ziyod tibbiy yordam brigadasi odatiy iş faoliyatini davom ettiradi.
Mamlakatdagi barça tuğuruq va bolalar davolaş muassasaci ham uzluksiz iş olib boradi.
Şuningdek, 27 may kuni Qurbon hayiti namozi öqiladigan masjidlarda tez tibbiy yordam brigadalarining navbatçiligi yölga qöyiladi.













