Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:53 / 05.09.2016
7391
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoylik tadbirkor 325 mln dollarga Boeing Dreamliner sotib oldi
Xitoylik tadbirkor shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun 325 mln dollar evaziga Boeing Dreamliner avialayneri xarid qildi. Bu haqda Xitoy xalqaro radiosi (CRI) xabar bergan.
Aniqlik kiritilishicha, milliarder avialaynerni qayta jihozlash uchun 100 mln dollar sarflagan. Bu ish Kestrel Airlines aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan.
Samolyot salonida mehmonxona, oshxona, ovqatlanish xonasi, yotoqxona hamda tibbiy xona muhayyo qilingan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish