Turkish Airlines aviakompaniyasi 40 ta Boeing Dreamliner sotib olmoqchi
Turkish Airlines aviakompaniyasi (THY) AQShning Boeing korporatsiyasi bilan 40 ta 787-9 Dreamliner samolyoti sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda aviakompaniyaning o‘zi ma'lum qildi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga AQShga safari davomida hamrohlik qilgan aviakompaniya rahbariyati Nyu-Yorkda Boeing vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Ayni vaqtda 2023 yilgacha Turkiyaga 40 ta (20+20) Boeing 787-9 Dreamliner yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan shartnoma muhokama qilinmoqda.
Turkish Airlines boshqaruv raisi Ilkar Ayji Boeing 787 Dreamliner dunyodagi eng zamonaviy va texnologik mukammal samolyotlardan hisoblanishini aytgan.
"Biz kompaniya aviaparkini to‘lg‘azishga va bugungi kunda Istanbulda qurilayotgan dunyodagi eng katta aeroport ehtiyojlarini ta'minlashga intilmoqdamiz", deb aytgan Ayji.
Istanbulda qurilayotgan aeroport 2018 yil 29 oktabrga ochilishi belgilangan. Ushbu aeroport Istanbuldagi 3-aeroport bo‘ladi. U yiliga 150 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilmoqda. U ochilgandan keyin Otaturk nomidagi aeroportni yopish mo‘ljallanmoqda. 2017 yil iyul holatiga ko‘ra aeroport qurilishi 55 foizga bitkazilgan.
Mavzuga oid
15:52 / 26.12.2024
Samarqandda “Turkish Airlines” aviakompaniyasi ekipaj a’zosi bojxona nazoratidan jangovar o‘q-dori olib o‘tishga urindi
21:04 / 22.12.2024
Turkiyada tibbiy vertolyot shifoxona binosiga urilib, qulab tushdi
11:37 / 22.12.2024
O‘g‘rilikda ayblanib 4 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deport qilindi
20:38 / 20.12.2024