Jahon | 17:26 / 05.09.2016
8910
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston hukumati terrorchilarning rejalaridan xabar topdi

Qozog‘iston milliy xavfsizlik qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2016 yilda zararsizlantirilgan radikal kayfiyatdagi guruhlarning bir qismi xalqaro terrorchilik tashkilotlari ko‘rsatmalari bilan faoliyat yuritgan. Qo‘lga olingan terrorchilarning maqsadi Balxash yaqinidagi Rossiya harbiy qismi bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».

«Shu yilning iyun oyida Qarag‘anda viloyatida o‘zaro aloqador radikal shaxslardan tashkil topgan ikkita guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Ularning harakatini xorijdagi qozoq jangarilari muvofiqlashtirib turgani aniqlandi», — degan mamlakat maxsus xizmatlari. 

Shuningdek, ta'kidlanishicha, «boshqa bir guruh a'zolari Qozog‘istonda terrorchilik xurujlarini tayyorlagan. Shu maqsadda, bir nechta nishon tanlangan, ular orasida Balxash shahri yaqinidagi Rossiya harbiy qismi ham bo‘lgan».

Avvalroq, Qozog‘istonda ushlangan terrorchilar, o‘zlarining g‘arazli niyatlarini amalga oshirish uchun samolyotni olib qochmoqchi bo‘lgani xabar qilingan edi. 

Mavzuga oid