Jahon | 07:50 / 07.09.2016
5415
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda 272 mln dollarlik kutubxona quriladi

Foto: © RIA

Dubay hukumati hukmdor Muhammad Ibn Rashid Al-Maqtum nomidagi kutubxona qurish loyihasiga start berdi. Kutubxona qurilishi 272 mln dollarga aylanadi va arab olamida madaniyat sohasidagi eng katta loyiha bo‘ladi, deb xabar bermoqda Arabian Business nashri.

Kutubxona qurilishi joriy sentabr o‘rtalaridan boshlanib, 2018 yil o‘rtalarida yakunlanadi.

Kutubxona maydoni 650 ming kvadrat metrni tashkil qiladi va yiliga 42 mln kitobxonni qabul qilishi mumkin. Kutubxona fondida 4,5 mln dan ko‘proq, jumladan 1,5 mln ta bosma hamda audio va raqamli kitoblar saqlanadi. Kutubxona ichida 8 ta ixtisoslashtirilgan kutubxona bo‘ladi.

Kutubxona qurilishi bo‘yicha tenderni qaysi kompaniya olishi ma'lum qilinmagan.

Kutubxona binosi ochilgan kitob shaklida quriladi. Unda yiliga 100 dan ko‘proq madaniy tadbir o‘tkaziladi. Kutubxona ichida muzey va boshqa muassasalar ham joylashadi.

Dubay hukumati vakillarining aytishicha, kutubxonaning asosiy vazifasi mutolaa qilishni targ‘ib qilish hamda "arab tilini muhofaza qilish va madaniy merosni saqlashdan" iborat bo‘ladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid