Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada kartondan yasalgan tobutga talab ortmoqda
Venesuelalik tadbirkorlar Alexandro Blanshar va Elio Angulo klassik yog‘och tobutlarga raqobat sifatida karton tobutlar yasashni yo‘lga qo‘yishga qaror qilishdi.
Mamlakatdagi inqiroz tufayli ularning "bio-tobutlari" baland qiymatga ega yog‘och tobutlarga qaraganda ancha xaridorgir bo‘ladi. Venesuelada yog‘och tobutning narxi - 280 000 bolivar bo‘lib, u bio-tobutdan to‘rt barobar qimmat.

Qayta ishlangan kartondan tayyorlanuvchi bio-tobut 230 kilogrammgacha bo‘lgan vaznni ko‘tara oladi. Uni yig‘ishga 10 daqiqadan kam vaqt ketadi. Blanshar va Elio Anguloning aytishicha, ular Kolumbiya, Ekvador va Perudan buyurtmalar olishgan.










Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
21:07 / 30.03.2026