Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung'dan bir displeyli taxtlama-smartfon taqdim etildi
Samsung "taxtlama" ko‘rinishdagi smartfonlarni ishlab chiqarishdan voz kechmaydi. Uning yangi Galaxy Folder 2 qurilmasi shundan dalolat beradi.
Yangi smartfonda tashqi displey yo‘q, shu bois kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va xabarlar haqidagi ma'lumotlarni ko‘rish uchun foydalanuvchi qurilmani ochishi kerak bo‘ladi. Ikkinchi ekranning yo‘qligiga qaramay, Galaxy Folder 2 qurilmasining bahosi - 285 dollarni tashkil qiladi.

Qurilma 3,8 dyuymli sensor bo‘lmagan displey, telefon klaviaturasi, ikki sim-kartali slot, to‘rt yadroli Qualcomm Snapdragon 425 protsessoriga ega. Suratga olish uchun 8 megapikselli orqa va 5 megapikselli old kameralari mavjud. Asosiy modul FullHD-formatda videoga oladi. Shuningdek Wi-Fi 802.11 b/g/n 2.4GHz, Bluetooth 4.2, LTE, GPS priyomniklari, Beidou va micro-USB porti bor.

1950 mAch'li akkumulyator 318 soatga yetadi. Galaxy Folder 2 Android 6.0.1 Marshmallow operatsion tizimi boshqaruvi ostida ishlaydi. Uning hajmi buklangan holatida - 122x60.2x15.4 mm, vazni esa - 160 grammga teng. Taqdim etilgan yangi qurilma Osiyo bozor segmentiga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
13:42 / 02.12.2025
Samsung o‘zining birinchi uch buklanadigan Galaxy Z TriFold smartfonini taqdim etdi
22:27 / 01.11.2025
Smartfonlar bozorida 2025 yil yetakchilari aniqlandi
14:14 / 31.10.2025
Android iPhone’dan xavfsizroq chiqdi - Google yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi
13:10 / 29.10.2025