O‘zbekistonda prezidentlik saylovi uchun 14ta saylov okruglari tashkil qilindi
15 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni Komissiya raisi M. Abdusalomov olib bordi.
Majlisda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi asosida puxta hozirlik ko‘rilayotgani ta'kidlandi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 9 va 14-moddalariga muvofiq O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. O‘zbekiston respublikasi prezidenti saylovini o‘tkazuvchi saylov okruglari Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri chegaralari doirasida tuzildi.
Saylov okruglari ro‘yxati saylovchilar soni hamda okrug saylov komissiyalari qayerda joylashganligi ko‘rsatilgan holda ommaviy axborot vositalarida e'lon qilinadi.
Shuningdek, majlisda O‘zbekiston respublikasi prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
19:13 / 02.11.2024
Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi
18:07 / 16.10.2024
Oliy Majlis saylovida muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi
18:48 / 08.10.2024
Saylovda muddatidan oldin ovoz berish kunlari va vaqti belgilandi
08:52 / 28.09.2024