Markaziy saylov komissiyasi (MSK) majlisida saylovçilarning muddatidan oldin ovoz berişini taşkil qiliş, nogironligi bölgan şaxslarning saylov huquqlarini ta’minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar, xorijiy davlat kuzatuvçilarini akkreditatsiyadan ötkaziş hamda boşqa masalalar körib çiqildi.

Majlisda saylov kuni öz yaşaş joyida bölmagan saylovçilar uçun 2024 yil 16-23 oktyabr kunlari muddatidan oldin ovoz berişni taşkil etiş töğrisidagi Markaziy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

Muddatidan oldin ovoz beriş kunlari saylov uçastkalarida ovoz beriş vaqti iş kunlari soat 9:00 dan 18:00 ga qadar, dam oliş kunlari esa soat 11:00 dan 17:00 ga qadar davom etişi belgilandi. Bundan taşqari, Özbekistonning çet davlatlardagi diplomatik va boşqa vakolatxonalari huzurida tuzilgan saylov uçastkalarida muddatidan oldin ovoz beriş uşbu saylov uçastkalari joylaşgan davlatdagi mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 18:00 ga qadar amalga oşirilişi belgilandi.

Qayd qilinişiça, 27 oktyabr kuni ötkaziladigan saylovda Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga 11 nafar va mahalliy Kengaşlarga 605 nafar nogironligi bölgan şaxs deputatlikka nomzod sifatida röyxatga olingan.

Majlisda nogironligi bölgan şaxslarga öz saylov huquqlarini amalga oşirişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratiş maqsadida saylov byulletenlarini töldiriş uçun Brayl alifbosi asosidagi trafaret namunasini tasdiqlaş, saylov uçastkalarida nogironligi bölgan va jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslar uçun maxsus jihozlangan yaşirin ovoz beriş kabinalari, optik lupalar (kattalaştiruvçi oynalar) hamda qöşimça yoritkiçlar örnatiş hamda saylov uçastkasiga mustaqil ravişda bora olmaydigan saylovçilarning saylov kuni turar joylarida ovoz berişini taşkil etiş masalalari muhokama qilinib, tegişli qaror qabul qilindi.

Şuningdek, MSK qarori bilan Turkiy Davlatlar Parlament Assambleyasining 19 nafar, Şanxay hamkorlik taşkiloti, MDH Parlamentlararo Assambleyasi, Rossiya va Xitoydan 2 nafardan, AQŞ 3 nafar hamda Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Fransiya, Hindiston va Yaponiyaning 1 nafardan vakili, jami 36 nafar xorijiy va xalqaro kuzatuvçi akkreditatsiyadan ötkazildi.