NASA: Marsdagi namlik xususida yangi ma'lumotlarni taqdim etdi
Marsdagi ko‘l va erigan qorlardan hosil bo‘lgan irmoqlar avval o‘ylanganidan ancha keyin paydo bo‘lgan. Mars Reconnaissance Orbiter orbital zondi yuborgan so‘nggi suratlarni o‘rgangan olimlar shunday xulosaga kelishdi, deb xabar qilmoqda NASA matbuot xizmati.
Marsning shimoliy qutb mintaqalarini suratga olish jarayonida qo‘lga kiritilgan ma'lumotlarga binoan, taxmin qilinishicha, mazkur sayyoradagi suyuq suv zaxiralari Marsning nam davridan 1 mlrd yil keyin paydo bo‘lgan. Bu o‘z navbatida, Mars iqlimining rivojlanish jarayoni xususida shakllangan qarashlarni tubdan o‘zgartirib yuboradi. Ya'ni, aytish mumkinki, Mars sathi mikroblar hayoti uchun ko‘proq muddat yaroqli bo‘lib qolgan.
Marsning shimoliy kengliklarida bir paytlar ulkan suv zaxiralarining bo‘lganligi, hozirda ham muzlagan suv qoldiqlari bo‘lishi mumkinligiga umid uyg‘otadi.
Mavzuga oid
22:47 / 25.09.2024
Tadqiqotchilar Marsdagi vulqonlar qayta uyg‘onishi mumkinligini ma’lum qildi
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
00:49 / 12.09.2024
Xitoy 2028 yilga borib Marsga tarixiy missiyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda
18:16 / 08.09.2024