Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilon Mask endi Mars emas, Oyda shahar yaratish ustuvor ekanini aytdi
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, hozir SpaceX erishish osonroq bo‘lgan maqsadga - Oyda «o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi shahar» qurishga e’tibor qaratmoqda.
Foto: spacetechtimes.com
SpaceX rahbari Ilon Maskning aytishicha, kompaniya 5-7 yil ichida Marsda baza yaratishga kirishmoqchi. Bu haqda u X ijtimoiy tarmog‘ida yozib, kompaniyaning strategiyasi va koinotni o‘zlashtirish bo‘yicha hozirgi ustuvor yo‘nalishlariga izoh berdi.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, hozir SpaceX erishish osonroq bo‘lgan maqsadga - Oyda «o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi shahar» qurishga e’tibor qaratmoqda.
Uning ta’kidlashicha, bunday loyihani 10 yildan kamroq vaqt ichida amalga oshirish mumkin, Marsda doimiy aholi punktini yaratish esa ancha ko‘proq vaqt talab qiladi.
«SpaceX allaqachon Oyda o‘z-o‘zini rivojlantiradigan shahar qurishga e’tiborini qaratdi, chunki biz bunga 10 yildan kamroq vaqt ichida erishishimiz mumkin, Marsga esa 20 yildan ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Shunga qaramay, biz baribir Marsda shahar qurishga harakat qilamiz va bu jarayonni taxminan besh-yetti yildan keyin boshlaymiz. Ammo asosiy vazifa sivilizatsiyaning kelajagini ta’minlashdir va Oy bu yo‘nalishda tezroq harakat qilish imkonini beradi», dedi Ilon Mask.
Shuningdek, u Oyning asosiy afzalligi logistika va rivojlanish sur’atlari ekanini tushuntirdi. Oyga parvozlar har 10 kunda amalga oshirilishi mumkin va u taxminan ikki kun davom etadi, Marsga missiyalar esa faqat 26 oyda bir marta amalga oshirilishi mumkin va bir tomonga sayohat taxminan olti oy davom etadi. Bu, Maskning so‘zlariga ko‘ra, Oyga parvozlarning qisqa muddat ekani texnologiyalarni tezroq sinovdan o‘tkazish va infratuzilmani kengaytirish imkonini beradi.
Avvalroq, The Wall Street Journal nashri SpaceX allaqachon investorlarni ustuvorlikni Oy loyihalari foydasiga o‘zgartirishi haqida xabardor qilgani haqida yozgan edi. Kompaniya 2027 yil mart oyida Oyga uchuvchisiz qo‘nish rejasini tasdiqlagan.
Shu bilan birga, o‘tgan yili Mask 2026 yil oxirigacha Marsga uchuvchisiz uchish missiyasini yuborish niyati haqida gapirgan edi. Yangi bayonotlar aslida bu muddatlarni o‘zgartiradi, lekin Mask ЅraseX kompaniyasining o‘zgarmas vazifasi deb atagan «ong va hayotni Yerdan tashqariga tarqatish» maqsadini bekor qilmaydi.
Mavzuga oid
18:16 / 05.02.2026
Tojikiston aholisi uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
16:02 / 04.02.2026
Parijda Ilon Maskning X kompaniyasi ofisida tintuv o‘tkazildi
08:07 / 02.02.2026