Sport | 11:36 / 16.09.2016
6884
1 daqiqa o‘qiladi

Neymar: Menga takliflar bo‘lsa ham, "Barselona"da qolishga qaror qildim

"Barselona" hujumchisi Neymar yozda bir nechta klublar bilan muzokara o‘tkazganini tan oldi. 

Neymarning agenti Vagner Ribeyro ta'kidlashicha, mijoziga PSJ 40 million yevro yillik maosh taklif qilgan. Shuningdek, agentning so‘zlariga ko‘ra, parijliklar Neymarning nomi beriladigan yangi qurilayotgan mehmonxonalardan futbolchiga ma'lum foiz ajratib berishni ham va'da qilishgan.

"Chindan ham bir nechta jamoalar bilan muzokaralar o‘tkazdim, ammo "Barselona"da qolishga qaror qildim. Chunki, men bu yerda baxtiyorman. "PSJ"ning taklifi haqidagi ma'lumotni tasdiqlay olmayman. Aniq raqamlar haqida gapirishni yoqtirmayman", — deydi Neymar.

Manba: Tribuna.uz

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid