Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda suriyalik harbiylarga aviazarba berilgani tan olindi
AQSh markaziy qo‘mondonligi Suriyaning Daur-az-Zor shahri yaqinida hukumat qo‘shinlari pozitsiyalariga IShIDga qarshi xalqaro koalitsiya samolyotlari tomonidan aviazarbalar berilganini tan oldi va bu zarbalar haqida Rossiyaga ma'lumotlar berganini ma'lum qildi.
"Zarba berilgan joy koalitsiya avval zarba bergan hududda bo‘lgan va harbiy operatsiyalar birlashgan markazidagi koalitsiya a'zolari berilajak aviazarba haqida rossiyalik hamkasblarini xabardor qilgandilar", deb aytildi Pentagonda.
AQSh vakillari IShID jangarilari pozitsiyalariga zarba berilmoqda deb o‘ylaganlarini, biroq Rossiyadan bu hududda suriyalik harbiylar bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni olgach, darhol samolyotlarni ortga qaytarganlarini aytganlar.
Aviazarba oqibatida 62 nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan, 100 dan ko‘prog‘i jarohat olgan. AQSh tomoni ma'lumotlariga ko‘ra, koalitsiya suriyalik harbiylarni jangarilar bilan adashtirib qo‘ygan.
AQSh prezidenti Barak Obama ma'muriyati suriyalik harbiylar pozitsiyalariga "ataylab berilmagan" aviazarba munosabati bilan afsuslanish bildirdi.
Mavzuga oid
13:13 / 03.04.2026
Yaqin Sharqdagi urush: Erondagi eng baland ko‘prik vayron qilindi
23:32 / 02.04.2026
AQSh bosh prokurori Pem Bondi iste’foga chiqadi
21:32 / 02.04.2026
AQShda 51 yil avvalgi qotillik DNK texnologiyasi yordamida fosh etildi
21:19 / 02.04.2026