Jahon | 07:34 / 19.09.2016
4562
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyda sement zavodidagi portlashda 6 ishchi halok bo‘ldi
Xitoyning Tsinxay viloyatidagi sement zavodidagi portlash oqibatida 6 ishchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Sinxua" axborot agentligi.
Voqea 18 sentabrda Ganxe industrial parkida joylashgan Qinghai Salt Lake Haina Chemical Company kompaniyasi zavodida yuz bergan. Ma'lum qilinishicha, zavodda changni yig‘uvchi qurilma portlagan. Voqea yuz bergan vaqtda qurilma oldida 26 ishchi bo‘lgan.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, 8 kishi jarohat olgan va shifoxonaga yetkazilgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan. Portlash sababi hozircha noma'lumligicha qolmoqda, tergov olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:26 / 06.11.2024
Boshqirdistonda ko‘mir ortilgan 22 ta vagon relsdan chiqib ketdi
17:04 / 22.10.2024
Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portladi. Bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:11 / 07.10.2024