Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov 110 metrlik yaxtasini sotuvga qo‘ydi
Rossiyalik milliarder Usmonovning 110-metrlik “Ona” deb nomlangan yaxtasi sotilayotgani xususida brokerlik kompaniyalari saytlarida e'lon qo‘yilgan. Avvalroq, milliarder yangi, yanada uzunroq yaxtani olgani xabar qilingan edi.
Endilikda, bir nechta yirik brokerlik kompaniyalari 110-metrli Ona yaxtasiga xaridor qidirmoqda, deya xabar qilmoqda Yacht Harbour.
Ona yaxtasida 20 nafar mehmon va 47 nafar ekipaj a'zosi joylasha oladi. Uning tezligi soatiga 21 uzelni tashkil etadi. Yaxta bortida basseyn va vertolyot uchun qo‘nish maydonchasi ham bor. Hozircha, 2008 yili qurilgan yaxtaning narxi e'lon qilinganicha yo‘q. 2013 yili Forbes jurnali yaxta bozoridagi manbasiga tayangan holda bu kabi kema 200 mln yevro atrofida turishi haqida yozgan edi.
Usmonov 156 metrlik Dilbar nomli yaxtasini xarid qilganidan so‘ng, Ona kemasini sotuvga qo‘ygan, deb qayd etmoqda Yacht Harbour.
Mavzuga oid
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
15:47 / 16.03.2026
Slovakiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha blokadasini bekor qildi
22:36 / 10.03.2026
Forbes milliarderlarning 2026 yilgi yangi reytingini e’lon qildi
07:37 / 09.02.2026