Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yilda milliarderlarni nima ko‘proq xavotirga solyapti?
2026 yilda dunyo yangi noaniqliklar bilan to‘qnash kelishi kutilmoqda. Boylik milliarderlarni global bo‘ronlardan himoya qilmaydi. Infografikada 2026 yilda milliarderlarni nima tashvishga solayotgani ko‘rsatilgan.
Foto: Getty Images
UBS Billionaire Survey 2025 so‘rovi natijalariga ko‘ra, tariflar, geosiyosiy mojarolar va siyosiy noaniqlik 2026 yilda milliarderlarni eng ko‘p xavotirga solayotgan risklar ro‘yxatining boshida turibdi. Shu bilan birga, so‘rov mintaqaviy farqlarni ham ko‘rsatgan. Masalan, Osiyo–Tinch okeani mintaqasidagi milliarderlar tariflardan ko‘proq xavotir olsa, Shimoliy va Janubiy Amerikada esa ko‘proq inflatsiya va global mojarolar sabab tashvishlanishadi.
So‘rovda qatnashgan milliarderlarning ko‘pchiligi — 66 foizi tariflarni kelgusi yilning eng katta muammosi deb atagan. Geosiyosiy mojarolar 63 foiz ishtirokchini xavotirga soladi, siyosiy noaniqlik esa 59 foiz respondent tomonidan qayd etilgan.
Shuningdek, milliarderlar inflatsiya o‘sishi, qarz inqirozi, soliqlar va jahon retsessiyasi ehtimolidan ham xavotirda. Foiz stavkalari oshishi va ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar esa so‘rovda qatnashganlarning har biri bo‘yicha 19 foizini tashvishga solgan.
Texnologik nosozliklar va iqlim o‘zgarishi — OAVda muntazam muhokama qilinadigan global muammolar. Biroq milliarderlar uchun bu mavzular iqtisodiy va siyosiy beqarorlikka nisbatan kamroq ahamiyatli bo‘lib chiqqan.
Mavzuga oid
07:35 / 24.02.2026
Sayyorani boqayotgan ekinlar: jahon reytingi
16:23 / 17.02.2026
Go‘sht, transport vositalarini sug‘urtalash, metan. Narxi keskin oshgan mahsulotlar va xizmatlar
07:19 / 16.02.2026
Infografika: qaysi mamlakatlarda YTH ko‘proq sodir bo‘ladi?
07:42 / 12.02.2026