Jahon | 19:48 / 21.09.2016
8819
1 daqiqa o‘qiladi

Meksika va AQSh chegarasida narkobaronlarning "zambaragi" aniqlandi

Meksikaning Sonora shtati politsiyasi ko‘rinishi zambarakka o‘xshash, o‘zi esa chegara orqali giyohvand moddalari otish uchun mo‘ljallangan yuk mashinasini aniqladi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.

Politsiya hisobotiga ko‘ra, raqamsiz yuk mashinasi AQShning Arizona shtatidan uncha uzoq bo‘lmagan hududdan topilgan. Mashina qarovsiz qoldirilgan, uning eshiklari ochiq bo‘lgan.

Furgon korpusida havo kompressori, benzinli dvigatel, havo saqlovchi qurilma, shuningdek, uzunligi uch metr bo‘lgan metall quvur topilgan.

Giyohvandfurushlar bu qurilmadan 2012 yildan beri foydalanib kelishadi. Uning yordamida giyohvand moddalarni chegaradan 200 metr uzoqlikka irg‘itish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid