Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksika va AQSh chegarasida narkobaronlarning "zambaragi" aniqlandi
Meksikaning Sonora shtati politsiyasi ko‘rinishi zambarakka o‘xshash, o‘zi esa chegara orqali giyohvand moddalari otish uchun mo‘ljallangan yuk mashinasini aniqladi. Bu haqda Business Insider xabar bermoqda.
Politsiya hisobotiga ko‘ra, raqamsiz yuk mashinasi AQShning Arizona shtatidan uncha uzoq bo‘lmagan hududdan topilgan. Mashina qarovsiz qoldirilgan, uning eshiklari ochiq bo‘lgan.
Furgon korpusida havo kompressori, benzinli dvigatel, havo saqlovchi qurilma, shuningdek, uzunligi uch metr bo‘lgan metall quvur topilgan.
Giyohvandfurushlar bu qurilmadan 2012 yildan beri foydalanib kelishadi. Uning yordamida giyohvand moddalarni chegaradan 200 metr uzoqlikka irg‘itish mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid
23:04 / 03.03.2026
Meksikada narkokartel yetakchisi «El Mencho» oltin tobutda dafn etildi
21:30 / 03.03.2026
FIFA prezidenti Meksika jahon chempionatini qabul qilishga tayyorligiga ishonch bildirdi
23:00 / 24.02.2026
Meksikada narkokartel rahbari o‘ldirilgandan keyingi tartibsizliklar to‘xtadi
11:57 / 24.02.2026