Jahon | 08:20 / 22.09.2016
9267
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Obama bilan uchrashdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi va Minsk kelishuvlari bajarilishining kelgusi qadamlarini muhokama qildi. Bu haqda Poroshenko saytida ma'lum qilindi. 

"Bizda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uzoq suhbat bo‘ldi. Biz Minsk kelishuvlarini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar, bu kelishuvlarni amalga oshirish uchun "yo‘l xaritasini" tuzishimiz uchun harakatlarimizni koordinatsiya qilish bo‘yicha qat'iy qadamlar, kelishuvlar xavfsizligi komponenti ustuvor jihatlari hamda Minsk jarayonining siyosiy qismlarini amalga oshirish sanalarini muhokama qilish imkoniyatga ega bo‘ldik", deb Poroshenko aytgan so‘zlarni keltirdi uning matbuot xizmati. 

Ta'kidlanishicha, ikki davlat yetakchisi AQShning Ukrainadagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashini ham muhokama qilishdi.    

 

Mavzuga oid