Demokrat nomzodning tarafdorlari bilan uçraşuv ovoz beriş natijalari eng muhim bölgan ştatlardan biri Pensilvaniyada bölib ötgan.

AQŞning sobiq prezidenti Barak Obama şaxsan prezidentlik poygasi paytida ilk bor demokratlar nomzodi Jo Baydenni qöllab-quvvatlaş uçun mitingda sözga çiqqan. Uning nutqini Fox News telekanali efirga uzatgan.

Ta'kidlanişiça, Bayden tarafdorlari bilan uçraşuv Pensilvaniya ştatining Filadelfiya şahrida bölib ötgan, u yerdagi beriladigan ovozlar bölajak saylovlardagi natijalarga eng köp ta'sir körsatadi.

“Men Pensilvaniya ştatiga kelişni yaxşi köraman. Siz meni ikki marta qöllab-quvvatladingiz va bugun men Jo Bayden va Kamala Xarrisga Oq uyni “qölga kiritişi” uçun yordam berişingizni sörab qaytib keldim”, – degan Obama.

2008 va 2012 yilgi prezident saylovlarida pensilvaniyaliklar Obamani qöllab-quvvatlagan. Ammo 2016 yilda ular Xillari Klintonga emas, uning raqibi va amaldagi davlat rahbari, respublikaçilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Trampga köproq ovoz berişgan.