Sport | 16:20 / 23.09.2016
3217
1 daqiqa o‘qiladi

Buskets faoliyatini “Barselona”da yakunlamoqchi

“Barselona” yarim himoyachisi Serxio Buskets jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi. Futbolchi yangi shartnomaga ko‘ra, "Barselona"da 2021 yilga  qadar to‘p suradi. Keyinchalik tomonlar yana ikki yillik shartnoma imzolashi ham mumkin.

“Butun hayotimni tashkil etgan jamoaning bir qismi bo‘lib qolishdan juda xursandman. Shunga umid qilamanki, yangi shartnoma muddatida ham avvalgidek “Barselona”da ko‘proq g‘alabalarga erishamiz.

“Barselona” – dunyodagi eng yaxshi klub. Jamoa menga ishonishidan juda xursandman. Lekin bu ham juda katta mas'uliyatni yuklaydi. Umuman olganda, faoliyatimni “Barselona”da yakunlashni juda ham istayman”, - deydi Buskets.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid