Jamiyat | 14:31 / 25.09.2016
5365
1 daqiqa o‘qiladi
AQShdagi yana bir o‘quv muassasasi hududida qurolli hujum ro‘y berdi
AQShning Boston shahridagi (Massachusets shtati) Emerson kolleji yotoqxonalari joylashgan hududda, Tremon-Strit ko‘chasida noma'lum shaxslar pichoq bilan qurollangan holda hujum qilgan. Bu haqda The Boston Globe xabar berdi.
Ushbu hodisa oqibatida 6 kishi tan jarohati olgan.
Kollej ma'muriyati talabalarni 2 nafar qurolli shaxs ozodlikda qolayotganidan ogohlantirgan.
Nashrning ma'lumotiga ko‘ra, politsiyachilar ko‘rinishidan biri lotin amerikalik, ikkinchisi osiyolik bo‘lgan jinoyatchilarni qidirmoqda.
Bundan oldinroq, AQShdagi boshqa bir o‘quv muassasasi hududida, Illinoys shtatidagi universitet hududida qurolli hujum yuz berishi oqibatida 9 kishi jarohatlangani ma'lum qilingandi.