Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Kurkalarning mushuk atrofidagi "qora jodusi"
2 mart kuni Twitter'ning Bostonda yashovchi @TheReal_JDavis niki ostidagi foydalanuvchisi avtomobil oynasidan tasvirga olingan g‘alati videoni taqdim etdi. Bu rolikda 18 ta kurka yo‘lda yotgan mushuk o‘ligi atrofida aylanib yurishardi. Video muallifining taxminiga ko‘ra, kurkalar "mushukka jon berishmoqchi". TJ mazkur video bilan bo‘lishdi.
Video virus kabi tez tarqaldi. U bir necha soat ichida o‘n minglab retvit va ko‘plab sharhlarni to‘pladi, tarmoq foydalanuvchilari muallifning "qora jodu seansi" borasida hazillashishdi.
Kaliforniya universitetida faoliyat yurituvchi biolog Alan Krakauerning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar ba'zan potensial o‘ljalarga xos - yovvoyi tabiatda ko‘zlangan o‘lja unga nisbatan xavf paydo bo‘lganini sezganini bildirsa, yirtqich hayvon qochib ketishi mumkin. Shuningdek bu boshqa jonivorlarni xavfdan ogohlantirishda ham yordam beradi.
Kaliforniyadagi Yovvoyi tabiat departamenti eksperti Skott Gardner ham jurnalistlarga kurkalar uchun bir-biriga ergashib, bir joyning o‘zida aylanish yot emasligini aytgan.
Mavzuga oid
21:16 / 24.01.2026
Ispaniyada yo‘qolib qolgan mushuk besh oyda 250 kilometr yo‘l bosib uyiga qaytdi
23:33 / 21.09.2025
Toshkentda mushukni qiynagan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
21:28 / 22.07.2025
Indoneziyada prezident mushugiga qo‘riqchi tayinlanishi ortidan mojaro kelib chiqdi
00:19 / 29.05.2025