Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ar-Riyod o‘zining neft qazib olish hajmini kamaytirishni taklif qildi
Saudiya Arabistoni o‘zining neft qazib olish hajmini kuniga 500 ming barrelga kamaytirishni taklif qildi va Jazoirdagi uchrashuv ishtirokchilari bu taklifni muhokama qilishmoqchi, deb ma'lum qildi Jazoir energetika vaziri Nuriddin Butarfa.
Saudiya Arabistoni kuniga 10 mln barrel neft qazib oladi. Xalqaro energetika forumi doirasidagi OPeKning norasmiy uchrashuvi Jazoirda 26-28 sentabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuvda OPeK davlatlari va tashkilotga kirmaydigan boshqa neft qazib oluvchi davlatlar o‘rtasida neft qazib olish hajmini muzlatish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlanishi kutilmoqda.
Butarfa Jazoirdagi uchrashuv rasmiy maqom olishiga umid bildirdi.
"OPeK bosh kotibi Jazoirdagi uchrashuvga rasmiy maqom berishga qodir va biz buning ustida ishlamoqdamiz", deb aytdi Butarfa.
Mavzuga oid
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026