Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
Saudiya Arabistoni 2031 yilgacha milliarderlar soni eng tez ko‘payishi kutilayotgan davlat sifatida qayd etildi. Bu jahonda boylik markazlari geografiyasi keskin o‘zgarayotganini ko‘rsatmoqda.
Foto: REUTERS
Visual Capitalist infografikasida Knight Frank hisoboti ma’lumotlari asosida kelasi besh yilda milliarderlar soni eng tez o‘sishi kutilgan davlatlar reytingi taqdim etilgan.
Tahlillarga ko‘ra, AQSh va Xitoy umumiy boylik hajmi bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolayotgan bo‘lsa-da, yangi boylik markazlari asosan Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va Sharqiy Yevropada shakllanmoqda.
Mutaxassislar Saudiya Arabistonidagi keskin o‘sishni Vision 2030 dasturi bilan bog‘lamoqda. Iqtisodiyotni neft qaramligidan chiqarishga qaratilgan mazkur strategiya doirasida trillion dollarlik megaloyihalar, xorijiy investitsiyalar va moliya, turizm hamda qurilish sohalari rivojlantirilmoqda.
Reytingda Polsha ham alohida e’tiborga tushgan. Mamlakatda milliarderlar soni 123 foizga o‘sishi prognoz qilinmoqda. Bu Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi qulay geografik joylashuv hamda sanoat salohiyati bilan izohlanmoqda.

Hindiston esa texnologiya, infratuzilma va iste’mol bozori hisobiga yangi milliarderlarni shakllantirmoqda. Mamlakat startap ekotizimida 100 dan ortiq “yunikorn” kompaniyalar paydo bo‘lgan.
Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari ham global boylik bozoridagi ta’sirini kuchaytirmoqda. Indoneziya va Malayziya ishlab chiqarish ko‘chishi, yosh aholi ulushi va xorijiy sarmoyalar oqimi hisobiga tez o‘smoqda.
Tahlilchilar fikricha, jahon boylik xaritasi endi faqat an’anaviy g‘arb moliyaviy markazlari atrofida shakllanmaydi. Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar global kapital, texnologiya va ishlab chiqarishning yangi markazlariga aylanib bormoqda.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2026
Saudiyadagi 1 kilometrlik osmono‘par binoda Xitoy texnologiyalari qo‘llanadi
08:43 / 23.05.2026
Saudiya Arabistoni “mashinasiz shahar” qurishni jadallashtirmoqda
23:00 / 18.05.2026
Pokiston Saudiya Arabistoniga 8000 askar yubordi
21:37 / 17.05.2026