1,7 million ziyoratçi va aqlli boşqaruv. Haj-2026 yakunlari
|12:09 / 02.06.20266 4846 min
Saudiya Arabistoni rasmiylari 2026 yilgi Haj mavsumi – olomonni boşqariş, texnologik integratsiya va jamoat salomatligi sohasida global mezon böladigan darajada namunali taşkil qilinganini ma’lum qildi.
Foto: Haramain Info / Saudi Press AgencyFoto: Haramain Info / Saudi Press Agency
2026 yil 27 may kuni butun dunyo böylab Qurbon hayiti nişonlandi. Şu bois may oyining yakuni bilan– joriy Haj mavsumi ham nihoyasi yetdi. Saudiya Arabistoni rasmiylarining ma’lum qilişiça, uşbu mavsum olomonni boşqariş, texnologik integratsiya va jamoat salomatligi sohasida global mezon böladigan darajada namunali taşkil qilingan.
Haj mavsumi raqamlarda
Saudiya Arabistoni Statistika boş boşqarmasi (GASTAT) ma’lumotlarga köra, 2026 yilda 165 davlatdan 1 million 707 ming 301 nafar ziyoratçi Haj amallarini ado etdi. Bu 2025 yilga nisbatan 2,04 foizga köpdir.
Undan, turli çegara nazorat punktlari orqali kelgan xalqaro ziyoratçilar soni 1 ming 546 mingdan köproq bölsa, mahalliy ziyoratçilar — ya’ni Saudiya fuqarolari va rezidentlari soni 160 ming 646 nafarga yetdi.
Foto: Reuters
Xalqaro ziyoratçilarning keliş yönalişlari asosan havo yöllar orqali amalga oşirildi:
Havo yöllari (aeroportlar) orqali: 1 485 729 nafar
Quruqlikdagi yöllar (çegara postlari) orqali: 54 429 nafar
Dengiz yöllari (portlar) orqali: 6 497 nafar
Barça ziyoratçilar 893 ming nafari erkaklar, qariyb 814 ming nafari esa ayollardan iborat böldi.
Saudiya qiroli Abdulaziz Al-Saud — ikki muqaddas masjid xodimi tomonidan 2500 nafar xalqaro ziyoratçilar «Haj, Umra va ziyorat dasturi» doirasida bepul ziyoratni amalga oşirdi.
Saudiya davlat OAVga köra, 44 ming ziyod Yamandagi köçirilganlar va qoçqinlar ham alohida dactur doirasida Haj amallarini bajargan. Vataniga qaytayotgan ziyoratçilarga 80 ta tilga tarjima qilingan 1,9 million dona muqaddas Qur’oni Karim nusxalari topşirildi.
Mavzuga oid
Hozirça ziyoratçilarning davlatlar böyiça taqsimoti yuzasidan rasmiy statistika e’lon qilinmagan. Şunga qaramay, aytiş mumkinki, aholi soniga qarab ajratiladigan eng köp Haj kvotalari — Indoneziya (200 mingdan ortiq ziyoratçi), Hindiston va Pokiston (ikkalasida 170 ming atrofida), şuningdek, Bangladeş, Misr va Turkiya kabi davlatlarga beriladi.
Ziyoratçilarga xizmat
Saudiya Arabistoni soğliqni saqlaş sektori Haj mavsumida ziyoratçilarga 2,5 milliondan ortiq xizmat körsatdi. Bunda murakkab jarrohlik amaliyotlari uçun tibbiy robototexnika, dori-darmonlarni tezkor yetkazib beriş uçun dronlar hamda yuqori xavf guruhidagi ziyoratçilarni masofadan turib kuzatiş uçun aqlli soatlar kabi innovatsiyalardan foydalanildi.
Xususan, Haj davomida tibbiy robotlar kömagida 410 murakkab jarrohlik amaliyotlari amalga oşirilgan, ularning 33 ta oçiq yurak operatsiyasi.
Sun’iy intellekt asosida işlaydigan «SAWAHER» platformasi 16 ta algoritm va 5000 ta kamera yordamida 1,7 millionlik olomon oqimini boşqardi.
Qirollik ta’minot zanjiri barqarorligini saqlaş uçun 712 milliondan ortiq oziq-ovqat va içimliklar mahsulotlarini yetkazib berdi. Mavsumdan keyin 22 ming nafar xodim Makka va muqaddas qadamjolardan 266 000 tonnadan ortiq çiqindini olib çiqqan.
Hajdan keyingi işlar va çiqindi muammosi
Haj mavsumi yakunlanib, ziyoratçilar Makka, Mino, Arafot va Muzdalifani tark etayotgan bir paytda, Saudiya rasmiylari yirik operatsiyani boşlaydi.
Foto: Reuters
Minoda vaqtinçalik inşootlar közdan keçiriladi, ta’mirlanadi, qismlarga ajratiladi yoki qayta foydalaniş uçun saqlaşga qöyiladi. Hajdan keyingi operatsiyalar mavsum davomidagi yuqori ekspluatatsiya talabi tufayli yuklama tuşgan yöllar, tunnellar, suv tizimlari, elektr tarmoqlari va sovitiş infratuzilmasini tekşirişni ham öz içiga oladi.
Çiqindilarni boşqariş — Hajdan keyingi eng katta muammolardan biridir. Çiqindilarni boşqariş milliy markazi rasmiysiga köra, ziyorat davomida bir neça turdagi çiqindilar, jumladan, qattiq maişiy çiqindilar, tibbiy çiqindilar, quşxona çiqindilari va qurbonlik loyihasi çiqindilari hosil böladi.
Eng katta muammo — qisqa vaqt içida hosil böladigan çiqindilar miqdorining keskin ortişidir. Ba’zida, ayrim xizmat körsatuvçi provayderlar qoidalarga rioya qilmasligi ham kuzatiladi. Şunga qaramay, qirollik rasmiylari «barqaror yeçimlarga hissa qöşiş uçun» xususiy sektorga köproq imkoniyatlar berişga harakat qilmoqda.
Foto: Reuters
Umuman olganda Hajdan keyin – yil davomida muqaddas qadamjolarni kelasi mavsumga tayyorlaş uzluksiz davom etadi.
Minglab noqonuniy ziyoratçilar
Saudiya Arabistoni xavfsizlik idoralari 21 maydan 27 maygaça jami 8 ming 90 nafar noqonuniy rezidentni qölga oldi. Qölga olinganlarning 4,2 ming nafari yaşaş (Iqomat) qonunçiligini buzganlar, 2,6 ming nafari çegara xavfsizligi qonunçiligini buzganlar va 1,1 ming nafari mehnat qonunçiligini buzganlar.
Şuningdek, reyd tadbirlari davomida jami 7 466 nafar noqonuniy rezident mamlakatdan deportatsiya qilingan. 14,4 ming kişi qaytiş hujjatlarini oliş uçun öz mamlakatlarining diplomatik vakolatxonalariga yuborilgan.
Qirollik çegarasini noqonuniy ravişda kesib ötişga uringan vaqtda jami 1,1 ming kişi qölga olingan. Ularning 25 foizi Yaman, 68 foizi Efiopiya fuqarolari. Noqonuniy ziyoratçilarni transport bilan ta’minlaş, ularga boşpana beriş va işga joylaştiriş bilan şuğullangan 13 nafar şaxs ham qölga olindi.
Avvalroq, Saudiya içki işlar vazirligi Qirollikka noqonuniy kirişiga şaroit yaratgan, ularni mamlakat hududida taşigan, boşpana yoki har qanday boşqa yordam va xizmatlar körsatgan har qanday kimsa 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş va 1 million riyolgaça jarima haqida ma’lum qilgandi.
Yangi Umra mavsumi
Saudiya Arabistoni 2026 yil 31 maydan boşlab yangi mavsum uçun Umra vizalarini berişni boşladi. Haj va Umra vazirligi e’lon qilgan Umra mavsumining yangi taqvimiga köra, ziyoratçilar 1 iyundan Makkaga kirişi va «Nusuk» ilovasi orqali Umra ruxsatnomasini olişi mumkin.
Bu mavsumdagi Umra vizalarini berişning oxirgi kuni 2027 yil 9 mart kuni tugaydi. 2027 yil 7 apreldan keyin kelasi uçun Haj mavsumiga tayyorgarlik boşlanadi.