Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyalikning besh yashar o‘g‘li uning mashinasi musodara qilinishiga sabab bo‘ldi
Avstraliya huquq idoralari fuqaro Aleks Dobsonga nisbatan surishtiruv ishlarini boshlab yubordi. Bunga uning Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan videolavhasi sabab bo‘lgan. Gap shundaki, lavhada Aleksning besh yoshli farzandi hovlisi yaqinida sport mashinasining «shinalarini yoqayotgani» aks etgan. Bolakay Burnout videoo‘yini uslubida mashinani g‘ildiraklarini aylantirgan, deb xabar qilmoqda news.com.au.
Politsiyaning xulosasiga ko‘ra, bu kabi «ko‘ngilochar» mashg‘ulotlar bola va atrofdagilar xavfsizligiga rahna soladi. Shu sababli, Dobsonning avtomobilini vaqtincha musodara qilingan, o‘ziga nisbatan ayblov e'lon qilish imkoniyati ko‘rib chiqilayapti.
Mahalliy bolalarni muhofaza qilish organlari ham o‘z surishtiruv ishlarini boshlab yuborgan. Mabodo, o‘g‘lini tarbiya qilishda qonunga zid shubhali holatlar aniqlangudek bo‘lsa, Dobson otalik huquqidan ham mahrum etilishi ham mumkin.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026