Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nissan navbatda turish qulay bo‘lishi uchun avtopilotli kursi namoyish qildi
Nissan kompaniyasi navbatda turish qulay bo‘lishi uchun avtonom kursi namoyish qildi. Bu haqda Tech Crunch ma'lum qildi.
O‘rindiqlar bir-birining orasida fiksirlangan masofani ushlab turadi va o‘z yo‘lovchisi tomonidan navbatning surilishini kuzatadi.
Kursi asosiga Nissan haydovchisiz avtomobillari uchun yaratilayotgan ProPilot avtonom boshqaruv tizimi yotdi. Kursi tasvirlangan rolikda odamlar kursilarda osoyishta o‘tirishganlarini, kursilar esa bo‘shagan o‘rinni egallab navbatda o‘zi surilayotganini ko‘rish mumkin. Kursi navbat boshiga yetib kelgach, yana ortiga qaytadi.
"Kursi kutish jarayoniga xos bo‘lgan stress va jismoniy zo‘riqishdan xalos etadi", deb aytdilar kompaniya vakillari.
Hozirda kompaniya ushbu ixtirosini Yaponiyadagi kafelar, savdo markazlari va shifoxonalarda tatbiq qilishga buyurtmalar qabul qilmoqda. Hozircha kursini kompaniyaning Yokogamadagi bosh qarorgohida 29 sentabrdan 2 oktabrgacha sinab ko‘rish imkoniyati mavjud. Kursilar 2017 yilda sotuvga chiqariladi.
Nissan fevralda o‘zi harakatlanuvchi idora kursilarini yaratish uchun avtomatik parkovkalash texnologiyasidan foydalangandi.
Mavzuga oid
17:03 / 28.10.2025
O‘zbekistonga “begona” mashina – qarovsiz qoldirilgan Nissanʼning sarguzashtlari
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
20:28 / 23.12.2024
Honda va Nissan birlashmoqda. Ular dunyodagi eng yirik uchinchi avtomobil ishlab chiqaruvchiga aylanadi
20:03 / 08.11.2024