Jahon | 08:23 / 30.09.2016
5811
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada Saakashvili vataniga qaytsa "qulay qamoq kamerasi" berishga va'da qilindi

Gruziyaning sobiq bosh vaziri Bidzina Ivanishvili Ukrainaning Odessa viloyati gubernatori va Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashviliga vataniga qaytsa "qulay qamoq kamerasi" berilishiga va'da qildi.  

"Biz Yevropadan uncha uzoq emasmiz. U yerto‘la va tunnellarda yashashiga to‘g‘ri kelmaydi, bizda yaxshi, qulay qamoq kameralari bor. Uni juda shinam kamera kutmoqda. O‘ylaymanki, bu saylovlardan keyin uning qochishiga joy bo‘lmaydi", deb aytdi Ivanishvili jurnalistlarga.

Bunday bayonot Saakashvilining Gruziyaga parlament saylovlaridan keyin qaytishi haqidagi so‘zlariga javoban aytildi.

Saakashvili Gruziyani 2013 yilda yangi prezident inauguratsiyasidan keyinoq tark etgan. Gruziya bosh prokuraturasi unga uchta jinoiy ish, jumladan 5 mln dollar davlat pulini o‘z ehtiyojlariga sarflash bo‘yicha ayblov e'lon qilgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid