Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APLning 7-turidan o‘rin olgan uchta o‘yinda g‘olib aniqlanmadi
Angliya Premer-Ligasining 7-turidan o‘rin olgan uchta uchrashuv poyoniga yetdi.
"Sanderlend" uyda "Vest Bromvich"ni qabul qildi. O‘yinda 1:1 hisobi qayd etildi. "Uotfdord" esa 7-turda o‘z maydonida "Bornmut" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.
Yana bir uchrashuvda tomonlar g‘olib jamoani aniqlay olmadi. Mavsumni juda omadsiz boshlagan "Vest Hem" esa "Midlsbro" bilan murosa ko‘chasini tanladi. O‘yin 1:1 hisobida yakunlandi. Dastlab Kristian Stuani "Midlsbro"ni hisobda oldinga olib chiqdi. 57-daqiqada esa Dmitri Payyet muvozanatni tikladi.
"Sanderlend" – "Vest Bromvich" 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 35 Shadli, 1:1 – 83 van Anxolt.
Ogohlantirishlar: Yakob (27), Kirxgoff (36), Makkleyn (69), Evans (90).
"Uotford" – "Bornmut" 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 31 Uilson, 1:1 – 50 Dini, 1:2 – 62 King, 2:2 – 65 Saksess.
Ogohlantirishlar: Predl (12), Uilsher (20), Pereyra (28), Smit (41), Frensis (45), Bexrami (56), Stanislas (89).
"Vest Hem" – "Midlsbro" 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 51 Stuani, 1:1 – 57 Payyet.
Ogohlantirishlar: Obiang (11), de Ron (62), Stuani (80), Barragan (88), Arbeloa (90).
Mavzuga oid
22:18 / 01.04.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»da uchinchi marta oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
16:00 / 19.02.2026
Angliyada poyga boshlandi. «Arsenal»ga nima bo‘lyapti?
23:09 / 06.02.2026
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
23:06 / 09.12.2025