Sport | 21:39 / 01.10.2016
4789
2 daqiqa o‘qiladi

"Bavariya" o‘z maydonida "Kyoln"ni mag‘lub qila olmadi va boshqa natijalar

Germaniya Bundesligasining 6-turida "Bavariya" o‘z maydonida "Kyoln" bilan o‘ynadi. Kutilmaganda, peshqadam ketma-ket besh g‘alabadan keyin durang qayd etdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Bavariya" 6-turda "Borussiya D" o‘z uchrashuvini g‘alaba bilan tugatsa ham peshqadamligini saqlab qoladi. 

"Gerta" esa o‘z maydonida "Gamburg"ni qabul qildi hamda 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Veded Ibishevich ikki bor to‘p kiritishga erishdi. 

"Bavariya" – "Keln" 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar:
 1:0 – 40 Kimmix, 1:1 – 63 Modest. 
Ogohlantirishlar: Sorensen (65), Tsoller (68), Martines (68).

"Gerta" – "Gamburg" 2:0 
Gollar:
 1:0 – 29 Ibishevich, 2:0 – 70, penalti Ibishevich. 
Ogohlantirishlar: Duglas Santos (3), Plattenxardt (16), Xoltbi (27), Xaraguti (31), Ekdal (32), Myuller (48), Kleber Reys (78).

"Frayburg" – "Ayntraxt" F 1:0 
Gol:
 1:0 – 4 Grifo. 

"Darmshtadt" – "Verder" 2:2
Ogohlantirishlar
: Fedetskiy (12), Grillich (30), Sulu (38).

"Ingolshtadt-04" – "Xoffenxaym-1899" 1:2
Gollar:
 0:1 – 11 Vagner, 0:2 – 35 Demirbay, 1:2 – 90, penalti Xinterzeyer. 
Ogohlantirishlar: Matip (58), Xyubner (72), Rupp (90).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid