Jamiyat | 11:24 / 03.10.2016
14900
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonning ayrim pul birliklari muomaladan olib tashlandi

3 oktabrdan boshlab Qozog‘istonda muomalada bo‘lgan 2, 5 va 10 ming tengeli banknotlar haqiqiy emas deb topiladigan bo‘ldi. Ular 2006 yilda chiqarilgan edi.

Shunga muvofiq mamlakat Milliy banki matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, shu yilning oktabr oyida mingtalik kupyuralar ham muomaladan chiqarilishi haqidagi gaplar asosga ega emas.

Gap kupyuralarning uch turi haqida bormoqda. Ular cheklangan miqdorda – 10 mln nusxada chiqarilgan.

Ma'lumotda keltirilishicha,mazkur banknotalarni 3 oktabrga qadar qabul qilish qat'iylashtirib qo‘yilgan. 
 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid