O‘zbekiston TIVda KOICA prezidenti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
5 oktabr kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) prezidenti Kim In Sik bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Kim In Sik Samarqand shahrida Professional ta'lim markazining ochilish marosimida ishtirok etish uchun KOICA delegatsiyasiga bosh bo‘lib O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Muloqot davomida O‘zbekiston va KOICA o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sherikchilikning umumiy ustuvor yo‘nalishlari nuqtai nazaridan muhokama qilindi.
KOICA delegatsiyasining tashrifi doirasida O‘zbekiston hukumatida, qator vazirlik va idoralarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda Samarqand shahrida bo‘lish rejalashtirilgan.
Uchrashuvda Koreya Respublikasi Elchisi Kvon Yon U ishtirok etdi.
Mavzuga oid
10:30 / 24.10.2024
RF TIV idora resurslariga keng ko‘lamli DDoS-hujum haqida xabar berdi
15:40 / 28.09.2024
O‘zbekiston va Avstriya TIV hamkorlik dasturini imzoladi
22:14 / 17.07.2024
Tashqi ishlar vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:33 / 19.06.2024