Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya, Urugvaydan yirik g‘alaba, Argentina durang o‘ynadi va boshqa natijalar
JCh-2018 saralash bosqichining Janubiy Amerika mintaqasida 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Braziliya terma jamoasi 9-turda o‘z maydonida Boliviyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda mezbonlar raqiblaridan ustun ekanligini ko‘rsatdi hamda 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Neymar uchrashuvda Boliviya darvozasiga faoliyatidagi 300-golini kiritdi.
Urugvay esa Venesuelani 3:0 hisobida mag‘lub qildi hamda 19 ochko bilan jadvalda peshqadamlikni saqlab qolishdi.
Argentina terma jamoasi Lionel Messisiz Peruni mag‘lub qila olmadi. Uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi.
Turning qolgan uchrashuvlari natijalari bilan tanishing:
Ekvador – Chili 3:0
Gollar: 1:0 – 19 Valensiya, 2:0 – 23 Ramires, 3:0 – 46 Kaysedo.
Ogohlantirishlar: Bravo (16), Ramires (86).
Urugvay – Venesuela 3:0
Gollar: 1:0 – 29 Lodeyro, 2:0 – 46 Kavani, 3:0 – 79 Kavani.
Ogohlantirishlar: Viskarrondo (41), Figera (48), Lodeyro (50), Gonsales (85).
Chetlatish: Viskarrondo (65).
Paragvay – Kolumbiya 0:1
Gol: 0:1 – 90 Kardona.
Ogohlantirishlar: Ayyala (40), Roxas (44), Kandiya (45), Agilyar (45), Leskano (67).
Braziliya – Boliviya 5:0
Gollar: 1:0 – 11 Neymar, 2:0 – 26 Koutino, 3:0 – 39 Filipe Luis, 4:0 – 44 Gabriel Jyezus, 5:0 – 75 Firmino.
Ogohlantirishlar: Melean (18), Neymar (36), Akore (37).
Peru – Argentina 2:2
Gollar: 0:1 – 15 Funes Mori, 1:1 – 58 Gerrero, 1:2 – 77 Iguain, 2:2 – 84, penalti Kueva.
Ogohlantirishlar: Yotun (15), Otamendi (30), Sabaleta (69), Iguain (72), Funes Mori (82).
Mavzuga oid
23:05
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashishi oqibatida olti kishi halok bo‘ldi
10:40
JChda sensatsiyalar kuni. Qatar so‘nggi daqiqalarda gol urdi, Braziliya ochko yo‘qotdi
19:13 / 17.05.2026
Dunyodagi eng keksa opa-singillar Braziliyada yashayotgani ma’lum bo‘ldi
21:17 / 12.05.2026