B guruhi
Qatar – Şveytsariya 1:1
Gollar: Embolo, 17 – penalti (0:1). Huhi, 90+4 (1:1)
Qatar: Abunada, Pedru Migel, Huhi, Ahmad, Al-Oui (Budiaf, 60), Madibo (Al-Mannai, 78), Layye, Abdulsallom (Fati, 60), Afif, Edmilson Junior (Al-Haydos, 88), Abdurisak (Al-Ayeldin, 60)
Şveytsariya: Kobel, Elvedi, Akanji, Rodriges (Muhaym, 89), Zakariyo, Jaka, Froyler (Yaşari, 89), Ebişer (Manzambi, 65), Vargas (Amduni, 79), Ndoy (Rider, 65), Embolo
Ogohlantirişlar: Abunada, 16. Abdulsallom, 23 – Zakariyo, 42
2026 yilgi jahon çempionatida birinçi sensatsiya. Qatar milliy jamoasi guruh favoriti sifatida körilgan Şveytsariya bilan öyinda sönggi daqiqalarda gol urib, oçko tortib oldi. Endi bu guruhda 1-turdan keyin barça jamoalar bittadan oçkoga ega.
Köpçilik Şveytsariya Qatar ustidan oson ğalabaga erişişini kutgandi. Ammo öyindagi ilk xavfli vaziyat Osiyo vakillarida yuzaga keldi – ikkinçi daqiqadayoq qatarliklarning qarşi hujumga çiqib ketişdi va Akanjining xatosidan keyin Edmilson darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqib bordi, ammo Kobel raqib hujumçisiga töpni oyoqlari orasidan ötkazişga yöl qöymadi.
Şundan keyin öyin prognoz qilinganidek keça boşladi. Şveytsariya töpni va hududlarni nazorat qildi, Xulen Lopetegi boşçiligidagi qatarliklar esa çuqur himoyaga yotişdi.
Öyinning 16-daqiqasida Ebişer öng qanotdan uzatma berdi, Embolo töpni böş turgan Froylerga yetkazdi, uni esa darvozabon yiqitdi. Hondurasdan kelgan boş hakam Martines 11 metrlik nuqtani körsatdi. Bu epizodda qatarliklar darvozaboni Abunada raqib bilan töqnaşib ketdi va boşidan kiçik jarohat oldi, keyin esa Embolo 11 metrdan yöllagan zarbani qaytara olmadi.
Ötkazib yuborilgan goldan keyin qatarliklar katta kuç bilan oldinga ötişdi va pressing qilişga kirişişdi. Ammo bu uzoq davom etmadi. Şveytsariya ustunlik qilişda davom etdi (birinçi bölimda töpga egalik qiliş körsatkiçi 75 foiz, 14 zarba va xG böyiça 2,27). Şunga qaramay, qatarliklar ham vaqti-vaqti bilan öz imkoniyatlariga ega bölişdi, tanaffus arafasida Edmilson yana bir vaziyatni kökka sovurdi. Yakin şogirdlari yana himoyada xatoga yöl qöyişdi va Juniorda yetti-sakkiz metrdan zarba beriş imkoniyati yuzaga keldi. Kobel bu safar ham jamoasini qutqarib qoldi.
Tanaffusdan keyin ham Şveytsariya taşabbusga egalik qildi. Ikkinçi bölim boşida Qatar öz jarima maydoni içida qamal qilindi. Bu daqiqalarda şveysariyaliklar yuqori çiziqda juda yaxşi pressing qilişdi va töpni tezda qaytarib olib, ketma-ket hujumlar uyuştirişdi, ammo barça hujumlar qaytarildi.











