Texnologiya | 17:20 / 07.10.2016
4736
1 daqiqa o‘qiladi

Ford Avstraliyani tark etadi

Amerikaning Ford avtomobilsozlik kompaniyasi Avstraliyadagi barcha zavodlarini yopdi. Kompaniya rahbariyati ushbu qit'a davlatdagi 91 yillik faoliyatidan so‘ng, shu qarorga kelgan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar qilmoqda.

Ford tomonidan Avstraliyada oxirgi ishlab chiqarilgan avtomobil Falcon XR6 sedani bo‘ldi. Bu avtomobil ishlab chiqaruvchining muzeyidan joy olishi aytilmoqda. Umuman, konsern 1960 yildan beri bu mamlakatda 3,5 mln dona atrofida Falcon modellarini ishlab chiqqan. Ularning ozgina qismi eksport qilingan. 

Ta'kidlanishicha, Melburndagi so‘nggi zavodning yopilishi 600 kishining ishidan mahrum ayrilishiga sabab bo‘ldi. Biroq, Ford Avstraliyaga import qiluvchi va avval sotilgan avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlari sotishni to‘xtatmaydi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid