Sport | 19:19 / 08.10.2016
13960
3 daqiqa o‘qiladi

Galitskiy: «Krasnodar» stadioniga sarflangan mablag‘ hech qachon qoplanmaydi

Foto: 24runews.ru

«Krasnodar» klubi xo‘jayini va prezidenti Sergey Galitskiyning bayonot berishicha, jamoaning yangi o‘yingohi hech qachon o‘ziga sarflangan xarajatlarni qoplay olmaydi. Uning aytishicha, stadionni qurishda aslida bunday maqsad ko‘zlanmagan. 9 oktabr kuni yangi futbol arenasida Rossiya va Kosta-Rika milliy terma jamoalari o‘rtasida ilk nazorat uchrashuvi o‘tkaziladi. 

«Juda ko‘plab o‘yingohlarni ko‘rganmiz, go‘yo qushlar uchun qurilgandek, taassurot uyg‘otadi. Ular yuqoridan ajoyib ko‘rinadi, ammo yoniga borgan chog‘ingizda hafsalangiz pir bo‘ladi. Shu boisdan ham biz, stadionni qurishda bu jihatiga ham e'tibor qaratdik. 

Rossiya termasi ushbu o‘yingohni ochib berishi bizni faxrlantiradi. Har holda, biz bu yerda futbol o‘yinlaridan boshqa anjumanlarni o‘tkazmasak kerak. Xalqaro o‘yinlarni o‘tkazishga da'vo qilmaymiz. Ammo, takliflar bo‘lsa ko‘rib chiqamiz. Bizga, «Krasnodar» FK va Rossiya termasi o‘ynagani yetadi, aslida. 

Xohlardimki, o‘yin e'loni har doim bo‘lsa. Faqat top jamoalar emas, balki har qanday jamoa bilan o‘yinga muxlislar kelsin. To‘g‘ri, 70 ming, 100 ming va undan ham ko‘p kishi ketadigan stadion qursa bo‘lardi. Ammo, biz 30 mingdan ortiq sig‘imli o‘yingohni ma'qul ko‘rdik. 

Xarajatlarni qoplashiga to‘xtaladigan bo‘lsak, u hech qachon qoplanmaydi. Biroq, bu faqat stadion emas, axir. Bu shahardagi diqqatga sazovor joylardan biriga aylandi. Men farzandlarimiz va nevaralarimiz stadion bilan faxrlanishini istardim. Xarajatlarni qoplashi borasida bunday maqsad qo‘yilmagan edi», — deya Galitskiy so‘zlarini keltiradi «Chempionat.ru» sayti.  

Manba: Tribuna.Uz

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid