Runi va Sautgeyt soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda
Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Garet Sautgeyt soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda ayblanmoqda. Bu haqda Mirror xabar bermoqda.
Sautgeyt umumiy hisobda 434 million funt sterling to‘lamagan 400 nafar gumonlanuvchilar ro‘yxatida borligi aniqlangan. Gumonlanuvchilarning barchasi "Avatar" va Pi hayoti" filmlarini moliyalashtirgan Ingenious firmasiga pul tikkan.
Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Angliya terma jamoasi sardori Ueyn Runi ham soliq to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Runi ham pul tikish yo‘li bilan soliq to‘lamaslikga uringan. Ueyn bu ishni oxirgi 5 yil ichida 4 marotaba amalga oshirgan.
Agar Ueyn Runiga qo‘yilgan ayblovlar isbotlansa, Buyuk Britaniya soliq xizmati futbolchidan 3,5 million funt miqdorida jarima undirishi mumkin.
manba:tribuna.uz
Mavzuga oid
11:43 / 22.03.2017
Runi APLning boshqa jamoasiga erkin agent sifatida qo‘yib yuboriladi
11:33 / 22.02.2017
Haftasiga 1 million. Runi «Manchester Yunayted»dan ketadi
17:30 / 22.01.2017
Runi Alan Shirerning APLdagi rekordini yangiladi
21:00 / 30.11.2016