Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Runi APLning boshqa jamoasiga erkin agent sifatida qo‘yib yuboriladi
«Manchester Yunayted» jamoasi hujumchisi Ueyn Runi yozda «Everton» safiga o‘tadi.
The Independent ma'lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar klubi ushbu sobiq futbolchisi uchun yaqqol favorit hisoblanmoqda.
«MYu» Runi bilan shartnomani bekor qilishga rozi, bu holda «Everton» uni tekinga o‘z safiga qo‘shib oladi. Runi yangi klubida haftasiga 150 ming funt miqdorida maosh oladi.
Qayd etish kerakki, hozirda Runining Manchesterdagi maoshi miqdori haftasiga 300 ming funtga teng.
Bundan oldinroq Runiga «Vest Hem» tomonidan qiziqish bildirilayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, Runi 2004 yili «Everton»dan «MYu» safiga o‘tgandi. APLning joriy mavsumida ushbu 31 yoshli futbolchi 18 uchrashuvda maydonga tushdi va 2 gol urib, 5 golga hammualliflik qildi.
Mavzuga oid
12:36 / 25.11.2025
APLda noodatiy qizil kartochka ko‘rsatildi
16:21 / 14.07.2023
Dele Alli «yorildi». Bolalikda tajovuzga uchragani, ruhiy muammolar, Pochettino va Mourino haqida
18:43 / 31.01.2022
Frenk Lempard – «Everton» bosh murabbiyi
00:36 / 08.09.2020