«Mançester Yunayted» hujumçisi Ueyn Runi transferlar dariçasi yopilguniga qadar Xitoy klublaridan biriga ötadi.
Daily Mirror xabariga köra, futbolçi takliflardan birini qabul qilgan. U jamoa özini saqlab qolişga harakat qilmayotgani tufayli şunday qarorga kelgan. Jamoa futbolçining agenti Pol Stretfordga transferga tayyorgarlik körişga ruxsat bergan.
Endilikda Runi dunyoning eng köp maoş tölanuvçi futbolçisiga aylanişi kutilmoqda, unga haftasiga 1 million yevro berişmoqçi.
Runi joriy mavsumda Angliya çempionatida 17 uçraşuv ötkazdi va ikki gol urib, 5ta golga uzatma berdi. Uning «MYu» bilan amaldagi şartnomasi muddati 2018 yilning yoziga qadar edi.
Mourino: Runi mavsumni «MYu»da yakunlaşiga kafolat bera olmayman












