Sport | 12:36 / 09.10.2016
3394
2 daqiqa o‘qiladi

«Formula-1». Yaponiyadagi Gran-Prida ham Niko Rosberg g‘olib bo‘ldi

Foto: Eugene Hoshiko / AP

«Formula-1» avtopoygalarida Mercedes jamoasi nomidan ishtirok etgan germaniyalik pilot Niko Rosberg Yaponiya Gran-prisida tengsiz bo‘ldi. Bu uning mavsumda uchinchi marta podiumning eng yuqorisiga ko‘tarilishi bo‘ldi.

Ikkinchi o‘rinni niderlandiyalik Maks Ferstappen (Red Bull) uchinchi o‘rinni Rosbergning jamoadoshi, britaniyalik Lyuis Hemilton egallagan.

«Formula-1»ning keyingi bosqichi — AQSh Gran-prisi — 21-23 oktabr kunlarida bo‘lib o‘tadi.

8 oktabr kuni Rosberg Gran-prining saralash bosqichida ham birinchi bo‘lgan, Hemilton ikkinchi o‘rinda kelgan, Ferstappen — beshinchi natijani qayd etgandi.

Formula-1. Gran-pri Yaponii. Gonka

1. Niko Rosberg («Mersedes»)
2. Maks Ferstappen («Red Bull»)
3. Lyuis Hemilton («Mersedes»)
4. Sebastyan Fettel («Ferrari»)
5. Kimi Raykkonen («Ferrari»)
6. Daniel Rikkardo («Red Bull»)
7. Serxio Peres («Fors Indiya»)
8. Niko Xyulkenberg («Fors Indiya»)
9. Felipe Massa («Uilyams»)
10. Valtteri Bottas («Uilyams»)
11. Romen Grojan («Xaas»)
12. Jolion Palmer («Reno»)
13. Daniil Kvyat («Toro Rosso»)
14. Kevin Magnussen («Reno»)
15. Markus Eriksson («Zauber»)
16. Fernando Alonso («Maklaren»)
17. Karlos Sayns («Toro Rosso»)
18. Jyenson Batton («Maklaren»)
19. Felipe Nasr («Zauber»)
20. Esteban Guterres («Xaas»)
21. Esteban Okon («Manor»)
22. Paskal Verlyayn («Manor»)

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid